date

Elagin Ronaldu boykotdan keyin maydonga qaytdi va gol urdi

Elagin Ronaldu boykotdan keyin maydonga qaytdi va gol urdi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turida «Al-Nasr» safarda «Al-Fateh»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi gollardan birini 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu kiritdi — portugaliyalik futbolchi boykotdan so'ng yana maydonga qaytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bellashuvdan keyin futbol sharhlovchisi Aleksandr Elagin Ronaldu o'yiniga alohida to'xtaldi. Uning ta'kidlashicha, yulduz futbolchi nafaqat gol urdi, balki himoyada ham faol harakat qilib, bir necha bor jarima maydonida to'pni uzoqlashtirgan.

«Buyuk futbolchi qaytdi va gol urdi. Eng qizig'i, u himoyada ham tinmay ishladi, darvoza oldidan bir necha marta to'pni tepib yubordi. Go'yo yosh boladek yuguradi — ham qoyil qolasan, ham havas qilasan», — deb yozdi Elagin ijtimoiy tarmoqlarda.

Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 19 o'yinda 18 ta gol urishga ulgurdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Elagin Ronaldu boykotdan keyin maydonga qaytdi va gol urdi