Ikardi “G'alatasaroy” tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi

Turkiya chempionatining 22-turida “G'alatasaroy” “E'yupsor”ni 5:1 hisobida yirik mag'lub etdi. Uchrashuvda argentinalik hujumchi Mauro Ikardi xet-trik qayd etib, jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu uch gol Ikardiga klub tarixida yangi yutuq olib keldi: u “G'alatasaroy” safida 76-golini urib, ruminiyalik Georgе Hadjini (75) ortda qoldirdi va jamoa tarixidagi eng yaxshi xorijlik to'purar bo'ldi. Umumiy to'purarlik ro'yxatida esa argentinalik futbolchi hozircha 7-o'rinda bormoqda. Eslatib o'tamiz, Ikardi 2023 yildan buyon “G'alatasaroy” sharafini himoya qiladi, avvalroq u “PSJ”da to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing