Ikardi xet-triki Galatasaroy rekordini yangiladi va tarixga kirdi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida «Galatasaroy» o‘z maydonida «Eyupspor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 5:1. Uchrashuv qahramoniga aylangan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi uchta gol urib, xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu natija Ikardi uchun klub tarixidagi muhim marrani ham olib keldi: u «Galatasaroy» safida 76-golini urib, jamoa tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. Avvalgi rekord ruminiyalik Georgi Hojiga tegishli edi — 75 gol.
Klub to‘purarlari umumiy ro‘yxatida esa Ikardi hozircha yettinchi o‘rinda bormoqda. Eslatib o‘tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasida o‘ynamoqda, undan avval fransuzning «PSJ» klubi sharafini himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing