date

Jezush Ronalduga dam berdi va sababini aytdi

Jezush Ronalduga dam berdi va sababini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu o‘yinda u yana tarkibda bo‘lmaydi.

«Taqvim juda zich. Shu sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv bor», — dedi Jezush. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Ronalduga dam berilishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan o‘yinlarda avval ham bir necha bor ishtirok etmagan.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berdi va sababini aytdi