date

Jezush Ronalduni yaqin o'yinda dam oldirishga qaror qildi

Jezush Ronalduni yaqin o'yinda dam oldirishga qaror qildi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini tushuntirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik yulduz forvardning tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.

«Zich taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi ayrim futbolchilarni dam oldirishni ma'qul ko'rdik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim o'yin bor», — deya Jezushning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Murabbiy ta'kidlashicha, Ronalduning safar o'yinlarini o'tkazib yuborishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida bo'ladigan uchrashuvlarda bir necha bor qatnashmagan.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» bahsi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduni yaqin o'yinda dam oldirishga qaror qildi