Marsel muxlislari Strasburgga qarshi o'yinda prezident lojasiga yo'l oldi

Fransiyaning «Marsel» klubi og'ir davrni boshdan kechirmoqda: «PSJ»dan 0:5 hisobidagi mag'lubiyat rahbariyat uchun juda katta zarba bo'ldi va natijada bosh murabbiy Roberto de Dzerbi bilan hamkorlik yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Oradan ko'p o'tmay klubning sport direktori Mehdi Benatiya ham lavozimini tark etdi. Biroq bu o'zgarishlar tribunadagi keskinlikni pasaytirmadi: «Strasburg»ga qarshi uchrashuvda muxlislar «Marsel» prezidenti Vensan Labrunning iste'fosini talab qilgan qo'shiqlarni jaranglatdi.
Bundan tashqari, eng keskin kayfiyatdagi guruh Labrunning VIP-lojasiga kirishga urindi, ammo politsiya tezkor harakat qilib, sektorni o'rab oldi va vaziyatni nazoratga oldi. Bu haqda La Provence nashri xabar berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing