date

Ronaldu yozda Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin

Ronaldu yozda Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin

Krishitanu Ronaldu "Al-Nasr" bilan kelishmovchiliklarni yumshatdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o'zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendes allaqachon Yevropaning top jamoalariga qo'ng'iroq qilib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo'shishni taklif qilmoqda.

Avvalroq OAV Ronalduning "Manchester Yunayted"dan ketganidan keyingi kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozgandi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishitanu hanuz Mendes agentligining mijozi sifatida ko'rsatilgan.

Hozirgi shartnomaga ko'ra, Ronaldu "Al-Nasr" bilan 2027 yilning o'rtalarigacha bog'langan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu yozda Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin