Ronaldu Yevropaning top-klublariga taklif qilinmoqda degan gaplar bor

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchilikni yumshatdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendes allaqachon Yevropaning yetakchi klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.
Bir necha yil avval OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgan edi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Krishtianu hanuz Mendes agentligining mijozlaridan biri bo‘lib turibdi.
Ronaldu va «Al-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!