Ikardi xet-trik qayd etdi va Galatasaroyda rekord o'rnatdi

Turkiya chempionati 22-tur uchrashuvida "Galatasaroy" o'z maydonida "Eyupspor"ni 5:1 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratdi. Bahsning bosh qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi — u ushbu o'yinda uchta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ikardining xet-triki stambul klubi tarixida muhim marrani ham olib keldi: u "Galatasaroy" safida 76-golini nishonlab, klub tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. Avvalgi rekord ruminiyalik Georghe Hadjiga tegishli bo'lib, u 75 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan edi.
Umumiy to'purarlar ro'yxatida esa Ikardi "Galatasaroy" tarixida 7-o'rinda bormoqda. Eslatib o'tamiz, Mauro 2023 yildan buyon turk grandida to'p suradi, undan avval u "PSJ" sharafini himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing