date

Marsel muxlislari Strasburg o‘yinida prezident lojasiga yorib kirmoqchi bo‘ldi

Marsel muxlislari Strasburg o‘yinida prezident lojasiga yorib kirmoqchi bo‘ldi

Fransuzning «Marsel» klubida vaziyat keskinlashib ketdi: «PSJ»dan 0:5 hisobida qabul qilingan mag‘lubiyat rahbariyat uchun juda og‘ir zarba bo‘ldi va jamoa bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi bilan hamkorlik yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Oradan ko‘p o‘tmay klubning sport direktori Mehdi Benatiya ham iste’foga chiqdi. Biroq bu qarorlar muxlislar orasidagi taranglikni bosmadi — «Strasburg»ga qarshi uchrashuvda tribunalar «Marsel» prezidenti Vensan Labrundan ketishini talab qilgan qo‘shiqlar bilan jarangladi.

Eng keskin kayfiyatdagi bir guruh muxlislar Labrunning VIP-lojasiga kirishga urindi, ammo politsiya tezkor harakat qilib, sektorni o‘rab olib, mojaroni kengayishiga yo‘l qo‘ymadi. Bu haqda La Provence nashri xabar berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marsel muxlislari Strasburg o‘yinida prezident lojasiga yorib kirmoqchi bo‘ldi