date

Nant klub tarixidagi eng yomon seriyani takrorlashi mumkin

Nant klub tarixidagi eng yomon seriyani takrorlashi mumkin

Fransiyaning eng sovrindor jamoalaridan biri sanaladigan «Nant» navbatdagi salbiy natija ostonasida turibdi. Klub ketma-ket besh uchrashuvda mag‘lub bo‘lib, o‘z tarixidagi eng noxush seriyalardan biriga yaqinlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agar navbatdagi turda ham omad kelmasa, «Nant» 1999 yil kuzida qayd etilgan antirekordni takrorlaydi. O‘shanda jamoa Reynal Denueks boshchiligida Fransiya chempionatida ketma-ket olti marta yutqazgan, keyinchalik u Ispaniyaning «Real Sosedad» klubida rossiyalik yarim himoyachi Valeriy Karpinni ham shug‘ullantirgan.

Keyingi turda «Nant» «Gavr»ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nant klub tarixidagi eng yomon seriyani takrorlashi mumkin