date

Osimhen Napoli rahbariyati va'dasini bajarmaganini aytdi

Osimhen Napoli rahbariyati va'dasini bajarmaganini aytdi

Nigeriyalik hujumchi Viktor Osimhen «Napoli»dan ketish qarori ortida klub rahbariyati bilan bog‘liq sabablar yotganini ma’lum qildi. Futbolchining aytishicha, unga berilgan ayrim va’dalar bajarilmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Osimhen muxlislar oldida vaziyat izohlanmagani uchun afsusdaligini bildirib, tik-tokdagi videolar e’lon qilingach, klub bilan munosabatlar sovuqlashganini ta’kidladi. Uning fikricha, penaltini ura olmaslik kabi xatolar futbolning bir qismi va bu sabab futbolchini masxara qilish to‘g‘ri emas.

Shuningdek, hujumchi o‘ziga nisbatan irqchilik ohangidagi haqoratlar bo‘lganini, holbuki rahbariyat bunday voqea takrorlanmasligini va’da qilganini aytdi. Osimhen ketishni istaganini bilishgach esa, klub ichida unga munosabat keskin o‘zgarganini qo‘shimcha qildi.

Hozirda Viktor Osimhen Turkiyaning «Galatasaray» klubida to‘p surmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osimhen Napoli rahbariyati va'dasini bajarmaganini aytdi