Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenchxua Ligada yana yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng «Shanxay Shenchxua» pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun musobaqa bilan xayrlashish oldidan so'nggi imkoniyat edi, biroq bu safar ham «eshikni qarsillatib yopish»ning uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga yakunlandi. «Buriram Yunayted» birinchi bo'limning dastlabki qismidayoq ikki bor aniq zarba berdi — 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Supxanat Mueanta gol muallifiga aylandi.
Ko'p o'tmay «Shanxay Shenchxua» bir futbolchiga kam bo'lib qoldi va shu holat o'yindagi intriga deyarli barham topishiga olib keldi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenchxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!