Ikardi xet-trigi Galatasarayni yirik g'alabaga olib keldi

Turkiya chempionatining 22-tur uchrashuvida "Galatasaray" "Eyupspor"ni 5:1 hisobida yirik mag'lub etdi. Bahsning bosh qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi — u ushbu o'yinda uch bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu xet-trik Ikardiga klub tarixida yangi rekord ham olib keldi: u "Galatasaray" safidagi gollari sonini 76 taga yetkazib, jamoaning tarixdagi eng sermahsul legioneriga aylandi. Avval bu ko'rsatkich ruminiyalik Georghe Hadjiga tegishli bo'lib, u turk klubida 75 gol urgan edi.
Umumiy to'purarlar ro'yxatida Ikardi hozircha yettinchi pog'onani egallab turibdi. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon "Galatasaray" sharafini himoya qilmoqda, undan avval u "PSJ" safida to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!