Boka Huniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Argentinaning “Boka Huniors” klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda. Shu sabab Delgadoning asosiy vazifalaridan biri Rikelme bilan birga transferlar va tarkibni mustahkamlash yo‘nalishida faol ish olib borish bo‘ladi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Delgado bu sovrinni “Santos” hujumchisi braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!