date

Ip Man: Huawei rekord darajadagi akkumulyatorga ega yangi smartfon tayyorlamoqda

Ip Man: Huawei rekord darajadagi akkumulyatorga ega yangi smartfon tayyorlamoqda

Taniqli insayder Digital Chat Station Huawei kompaniyasining Enjoy turkumiga mansub yangi Enjoy 100 Pro Max smartfoni haqidagi maʼlumotlar bilan boʻlishdi. Qurilma kompaniya ichida "Ip Man" kodli nomi ostida ishlab chiqilmoqda va uning rasmiy taqdimoti 2026-yilning oxiriga yaqin oʻtkazilishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Maʼlumot uchun, Ip Man (1893–1972) — mashhur xitoylik yakkakurash ustasi boʻlib, u Vin-Chun uslubini ochiq oʻrgatishni boshlagan birinchi inson sifatida tarixda qolgan. Yangi smartfonning asosiy oʻziga xosligi brend tarixidagi rekord darajadagi sigʻimga ega akkumulyator boʻlishi aytilmoqda.

Texnik jihatdan qurilmaning yana bir muhim elementi yangi avlod Kirin 8 bir kristalli tizimi (SoC) boʻladi. Ushbu protsessor qurilmaning unumdorligi va energiya samaradorligini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda.

Taʼkidlash joizki, ushbu turkumning avvalgi vakili — Enjoy 90 Pro Max sotuvlar boshlanishidanoq bozorda katta muvaffaqiyat qozongan edi. U JD.com platformasida 1000 dan 2000 yuangacha boʻlgan narx segmentida koʻplab mashhur modellarni ortda qoldirib, eng koʻp sotilgan smartfonlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egallagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Ip Man: Huawei rekord darajadagi akkumulyatorga ega yangi smartfon tayyorlamoqda