Qirg‘izistonda nosvoy ishlab chiqarish va sotish taqiqlanadi

Qirg‘iziston hukumati 2040 yilgacha mo‘ljallangan demografik siyosat konsepsiyasini tasdiqladi. Hujjatga ko‘ra, mamlakatda nosvoy ishlab chiqarish va tarqatish to‘liq taqiqlanadi.
Shuningdek, alkogolli ichimliklar va sigaretalarni xarid qilish uchun minimal yosh chegarasini 20–21 yoshgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Alkogol va tamaki mahsulotlarini tungi vaqtda hamda internet orqali sotishga ham cheklovlar joriy etiladi.
Bundan tashqari, aksiz soliqlarini oshirish orqali ushbu mahsulotlar narxini qimmatlashtirish ko‘zda tutilgan. Hukumat voyaga yetmaganlarni zararli odatlardan himoya qilish maqsadida tamaki va alkogol mahsulotlari reklamasi ustidan nazoratni ham kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing