Ikardi xet-trik qilib Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida Galatasaray Eyupsporni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuvning bosh qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi: u uchta gol urib, jamoasiga ishonchli g'alaba olib keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ikardining bu xet-triki tarixiy natijani ham taqdim etdi. U Galatasaray safida 76-golini nishonlab, klub tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi va bu borada ruminiyalik Georghe Hadjini ortda qoldirdi — Hadjining hisobida 75 ta gol bor edi.
Umumiy to'purarlar ro'yxatida esa Ikardi hozircha yettinchi pog'onani egallab turibdi. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon Galatasaray sharafini himoya qiladi, undan avval u PSJ safida to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing