Slutskoy boshchiligidagi Shanxay Shenchxua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so‘ng pley-off umidlari so‘ngan «Shanxay Shenchxua» 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi maydonga tushdi. Leonid Slutskoy jamoasi turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi bor natija ko‘rsatishga urinib ko‘rdi, biroq bunga erisha olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida tailandliklar foydasiga yakunlandi. «Buriram Yunayted» ilk taymning boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenchxua» bir o‘yinchisi maydondan chetlatilib, son jihatdan kamlikda qolganidan keyin intriga deyarli so‘ndi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskoyning «Shanxay Shenchxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!