Bayer Goretskaga ko'z tikdi, yarim himoyachi APLni xohlaydi

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Leon Goretska Leverkuzenning «Bayer» jamoasi e’tiborini tortdi. «Farmatsevtlar» 31 yoshli futbolchini markazdagi yangi yetakchi sifatida ko‘rmoqda — avval bu rolni Granit Jaka bajargan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbalarga ko‘ra, leverkuzenliklar allaqachon Goretskaning vakillari bilan aloqaga chiqqan. Futbolchi bu variantni keskin rad etmagan bo‘lsa-da, o‘zi uchun ustuvor yo‘l sifatida Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishni afzal ko‘rmoqda. Qishda uning xizmatlariga Londonning «Tottenhem» va «Arsenal» klublari ham qiziqish bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum yakunida Goretska erkin agentga aylanadi — amaldagi shartnoma uzaytirilmaydi. U 2018 yildan beri «Bavariya» safida to‘p surib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!