date

Ikardi uch gol urib Galatasaray rekordini yangiladi

Ikardi uch gol urib Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida “Galatasaray” “Eyu'pspor”ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv qahramoniga aylangan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi xet-trik qayd etib, Istanbul klubi tarixidagi eng sermahsul legioner sifatida yangi marrani o'rnatdi.

Ikardi bu ko'rsatkich bo'yicha ruminiyalik Georgi Hadjini ortda qoldirdi: Hadji “Galatasaray” safida 75 gol urgandi, Mauroning hisobida esa endi 76 gol bor. Umumiy to'purarlar ro'yxatida Ikardi yettinchi pog'onada qayd etildi.

Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri “Galatasaray” sharafini himoya qilmoqda. U Turkiyaga kelishidan avval fransuzning “PSJ” klubida to'p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi uch gol urib Galatasaray rekordini yangiladi