date

Boka Xuniors yangi sport direktori sifatida Delgado tayinlandi

Boka Xuniors yangi sport direktori sifatida Delgado tayinlandi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tezkor ravishda kuchaytirish zarurati bor, shu bois Delgado va Rikelme tandemi transfer bozoridagi asosiy yo‘nalishlar ustida faol ishlashi kutilmoqda.

Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.

Shuningdek, 2003 yilda u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purariga aylangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors yangi sport direktori sifatida Delgado tayinlandi