date

Slutskyi boshliq Shanxay Shenchxua Osiyo Chempionlar Ligasida yutqazdi

Slutskyi boshliq Shanxay Shenchxua Osiyo Chempionlar Ligasida yutqazdi

“Shanxay Shenchxua” Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 7-turdan keyin pley-off yo‘llanmasi uchun imkoniyatlarini boy bergandi. 8-turda Leonid Slutskiy jamoasi musobaqani g‘alaba bilan tark etishga urinib ko‘rdi, biroq bu safar ham uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailandning “Buriram Yunayted” klubi 2:0 hisobida zafar quchdi. Mezbonlar uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kyortis, 22-daqiqada esa Mueanta Supxanat gol muallifiga aylandi. Oradan ko‘p o‘tmay “Shanxay Shenchxua” bir futbolchisi maydondan chetlatilib, son jihatdan kamchilikda qolganidan keyin o‘yin intrigasiga deyarli nuqta qo‘yildi.

Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenchxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskyi boshliq Shanxay Shenchxua Osiyo Chempionlar Ligasida yutqazdi