date

Ronaldu Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin, qo'ng'iroqlar boshlandi

Ronaldu Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin, qo'ng'iroqlar boshlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan so'ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o'zgartirishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendes Yevropaning yetakchi klublari bilan bog'lanib, 41 yoshli Ronalduga yozgi transfer oynasida shartnoma taklif qilmoqda.

Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligining mijozi sifatida ko'rsatilgan.

Ronaldu va «Al-Nasr» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin, qo'ng'iroqlar boshlandi