date

Jezush Ronalduga dam berildi, u yaqin o'yinda qatnashmaydi

Jezush Ronalduga dam berildi, u yaqin o'yinda qatnashmaydi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvni o'tkazib yuborishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik hujumchi yaqin orada yana safga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu bahsda u ro'yxatda bo'lmaydi.

Jezushning aytishicha, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy bunga sabab sifatida oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin borligini ta'kidladi.

Shuningdek, u Ronaldu Saudiyadan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda vaqti-vaqti bilan maydonga tushmay qolishi yangilik emasligini qo'shimcha qildi. Mutaxassisning fikrlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Saudiy Pro-ligasidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14 fevralda bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berildi, u yaqin o'yinda qatnashmaydi