date

Osimhen «Yuventus» ustidan g'alabani ortiqcha nishonladi

Osimhen «Yuventus» ustidan g'alabani ortiqcha nishonladi

Turkiyaning «Galatasaroy» klubi Chempionlar ligasi pley-offining ilk uchrashuvida Turinning «Yuventus» jamoasini ishonchli tarzda mag'lub etdi. Istanbul vakillari raqib darvozasiga besh bor yo'l topdi, o'z darvozasidan esa ikki gol o'tkazib yubordi. Viktor Osimhen uchrashuvning eng faol futbolchilaridan biri bo'lib, gol urdi va jamoadoshlariga golli paslar uzatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yindan so'ng «Napoli»ning sobiq hujumchisi hissiyotlarga berilib ketdi: tribunalar ostidagi hududda quvonchdan kichik tartibsizlik qilib, yoritish uskunalaridan birini sindirib qo'ydi. Klub esa jamoaning yetakchi forvardi yetkazgan zararni o'z hisobidan qoplagani aytildi.

Javob bahsi bir haftadan keyin «Yuventus» maydonida bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osimhen «Yuventus» ustidan g'alabani ortiqcha nishonladi