Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina futboli giganti «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga yangi nomni e’lon qildi — bu vazifani Marselo Delgado bajaradi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi, Rikelme avval «Barselona» safida ham to‘p surgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Boka Xuniors» hozir tarkibni tezroq kuchaytirishga muhtoj, shu bois rahbariyatdagi ushbu tandem transferlar va jamoani mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratadi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qozongan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchilardan biri bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bir xil natija qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!