Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenchxua ACLda yutqazdi

«Shanxay Shenchxua» Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatidan ayrildi. Sakkizinchi turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs jamoa uchun musobaqani tark etish oldidan so'nggi urinish, ya'ni «eshikni qarsillatib yopish» imkoniyati edi, biroq buni uddalay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga yakunlandi. «Buriram Yunayted» birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor gol urdi: 11-daqiqada Gud Ko'rtis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta aniq zarba berdi. Oradan ko'p o'tmay «Shanxay Shenchxua» bir futbolchidan ayrilib, son jihatdan kamchilikda qolganidan keyin o'yindagi intriga deyarli so'ndi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenchxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!