Ronalduni Yevropa grandlaridan biriga olib kelishmoqchi

Kristianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda mashhur portugaliyalik hujumchi klubini o‘zgartirishi ehtimoli hanuz saqlanib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendesh yozgi transfer oynasi oldidan Yevropaning yetakchi klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli Ronalduni tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.
Avvalroq matbuotda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Kristianu hanuz Mendesh agentligi mijozi sifatida ko‘rsatilgan.
Ronalduning amaldagi shartnomasi uni «Al-Nasr» bilan 2027 yilning o‘rtalarigacha bog‘lab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!