Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay SHenxua Liga chempionlarida mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin «Shanxay Shenxua» pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Sakkizinchi turda Leonid Slutskiy jamoasi «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuvda turnir bilan xayrlashishdan oldin so'nggi bor munosib natija ko'rsatishga urinib ko'rdi, biroq bunga erisha olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga yakunlandi. «Buriram Yunayted» ilk taym boshida ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Sufanat Mueanta gol urdi. Ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchisi maydondan chetlatilib, son jihatdan kamchilikda qolgani o'yindagi intriga amalda so'ndi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!