Boka Huniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Argentina grandi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Eslatib o‘tamiz, Rikelme avvalroq «Barselona» safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati bor, shu bois yangi rahbariyat duetining asosiy vazifalaridan biri transfer va jamoani mustahkamlash yo‘nalishida faol ishlash bo‘ladi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasida 18 uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng sermahsul to‘purari bo‘lgan. Delgado bu sovrinni «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!