Dmitriy Sychyov Marselda yashash joyini almashtirganini esladi

O'tmishda mashhur bo'lgan futbolchi Dmitriy Sychyov 2003-2004 yillarda Fransiyada «Marsel» safida to'p surgan. U o'sha davrni yodga olib, shahardagi shov-shuv sabab yashash joyini o'zgartirishga majbur bo'lganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sychyovning so'zlariga ko'ra, Marselda futbolchilarga bo'lgan e'tibor haddan tashqari yuqori bo'lgan: hatto oddiy do'konga chiqish ham muammoga aylangan. «Mahsulot olish uchun chiqsam, oxir-oqibat 20-30 daqiqa suratga tushaman, shundan keyingina ovqat tanlayman. Juda katta shov-shuv edi», — deya uning fikrlarini «Sport-Ekspress» keltiradi.
Futbolchining ta'kidlashicha, ana shunday vaziyat tufayli u shahar tashqarisiga ko'chib o'tgan.
Dmitriy Sychyov «Marsel» tarkibida barcha musobaqalarda 44 ta rasmiy uchrashuv o'tkazib, 7 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!