Rossiya terma jamoasi FIFA reytingida 62-o‘rindagi raqib bilan o‘ynashi mumkin

2026 yildagi ilk yig‘inga besh haftadan ham kam vaqt qoldi. Rossiya terma jamoasining birinchi raqibi Mali bo‘lishi ehtimoli yuqori: RFU hozircha buni rasman tasdiqlamadi, biroq Mali futbol federatsiyasi tomonida kelishuv borligi haqida signal berildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sport24 xabariga ko‘ra, mart oyida Rossiyaning ikkinchi raqibi Burkina-Faso bo‘lishi mumkin. RFU bu bo‘yicha so‘rov yuborgan, ammo hozircha javob kelmagan. Burkina-Faso yaqin kunlarda, bosh murabbiy masalasini hal qilgach, RFUning rasmiy xatiga munosabat bildirishni rejalashtirmoqda.
FIFA reytingida Burkina-Faso 62-o‘rinda qayd etilgan, Rossiya esa 36-pog‘onada turibdi.
FIFA reytingi bilan saytdagi havola orqali tanishish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing