Mostovoy Rossiya raqiblari kuchayganini ta'kidladi va fikr bildirdi

Rossiya futbolining sobiq yulduzi Aleksandr Mostovoy mart oyida Rossiya va Mali terma jamoalari o'rtasida bo'lishi mumkin bo'lgan o'yin haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rossiya futbol ittifoqi (RFI) hozircha Mali bilan uchrashuv rasman tasdiqlanganini e'lon qilgani yo'q. Biroq Mali futbol federatsiyasi vakillari tomonlar kelishuvga erishganini aytgan. Ma'lumotlarga ko'ra, bahs Krasnodarda 27 mart, juma kuni bo'lib o'tadi.
Mostovoy raqiblar darajasi oshib borayotganini ijobiy baholab, kuchli jamoalar bilan o'ynash foydali ekanini ta'kidladi. Uning aytishicha, Nigeriya, Peru va Chili kabi raqiblardan keyin endi Mali bilan to'qnash kelish ham shundan dalolat beradi. Shuningdek, u xulosaga shoshilmaslik, avvalo asosiy futbolchilardan kimlar yig'inga kelishini ko'rish kerakligini qo'shimcha qildi.
Rossiya terma jamoasi so'nggi yig'inini noyabr oyida o'tkazgan: Valeriy Karpin shogirdlari Peru bilan 1:1 hisobida durang o'ynab, Chiliga 0:2 hisobida yutqazgandi. Sanksiyalar sabab Rossiya terma jamoasi rasmiy xalqaro turnirlarda ishtirok etmayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!