date

Kompani Ronaldinyoni Messi va Ronaldundan ham yuqori baholadi

Kompani Ronaldinyoni Messi va Ronaldundan ham yuqori baholadi

“Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani futbolchilik faoliyati davomida o‘zi uchun eng og‘ir va kuchli raqiblar kim bo‘lganini esladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Belgiyalik mutaxassis eng katta taassurot qoldirgan futbolchi sifatida braziliyalik Ronaldinyoni tilga oldi. U faoliyati davomida “PSJ”, “Barselona” va “Milan” safida porlagani bilan mashhur.

“Menga eng kuchli taassurotni aynan Ronaldinyo qoldirgan. Albatta, Ronaldu va Messi — eng zo‘r futbolchilar, ammo bitta o‘yin doirasidagi ta’sir haqida gap ketsa, men uchun bu Ronaldinyo”, — dedi Kompani qiyin raqiblar haqidagi savolga javob berar ekan.

Eslatib o‘tamiz, Kompani 2020 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. 2024 yil yozidan u “Bavariya”ni boshqarib kelmoqda va o‘tgan mavsumda jamoani Bundesliga chempionligiga olib chiqqan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Ronaldinyoni Messi va Ronaldundan ham yuqori baholadi