date

Kompani Ronaldinyoni Messi va Ronaldudan ham ko'proq esladi

Kompani Ronaldinyoni Messi va Ronaldudan ham ko'proq esladi

Belgiyalik taniqli sobiq himoyachi Vensan Kompani, hozirda “Bavariya” bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritar ekan, futbolchilik davridagi eng qiyin raqiblari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kompani eng katta taassurot qoldirgan futbolchi sifatida Braziliya yulduzi Ronaldinyoni tilga oldi. U faoliyati davomida “PSJ”, “Barselona” va “Milan”dagi o'yinlari bilan shuhrat qozongan.

“Menga eng kuchli ta’sir qilgani — Ronaldinyo. Albatta, Ronaldu va Messi eng zo'r futbolchilar, ammo bitta o'yindagi taassurot haqida gapirsak, bu — Ronaldinyo”, dedi Kompani murakkab raqiblar haqidagi savolga javob berar ekan.

Ma’lumot uchun, sobiq markaziy himoyachi 2020 yilda futbolchilikni yakunlagan. 2024 yil yozidan buyon u “Bavariya”ni boshqarmoqda va jamoani o'tgan mavsumda Bundesliga chempionligiga olib kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Ronaldinyoni Messi va Ronaldudan ham ko'proq esladi