Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina giganti «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi, Rikelme avvalroq «Barselona» safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibini qisqa muddatda kuchaytirish zarurati borligi aytilmoqda. Endi Delgado va Rikelme tandemi transfer yo‘nalishida zudlik bilan yechim topishi va jamoani yangi kuchlar bilan to‘ldirishi kutilmoqda.
Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng sermahsul futbolchilari qatoridan joy olgan — «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnir to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!