Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan uni ehtiyot qilishni so‘radi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoada faqat eng muhim uchrashuvlarda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
365Scores Arabic xabariga ko‘ra, 41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezushdan OFK Chempionlar Ligasi o‘yinlarida hal qiluvchi bosqichlar boshlanguncha uni imkon qadar kamroq ishlatishni so‘ragan. Ronaldu ortiqcha yuklamadan qochib, asosiy bahslarga hamda mundialga maksimal tayyorgarlik bilan, optimal sport formasida yetib borishni istamoqda.
Joriy mavsumda Ronaldu «Al-Nasr» safida 23 o‘yinda 19 ta gol urdi. Portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Ayven Tonidan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing