date

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi yangi sport direktori tayinlanganini rasman ma'lum qildi. Bu lavozimni Marselo Delgado egalladi va u klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda. Shu sababli Delgado va Rikelme dueti transferlar hamda sport siyosati bo'yicha yaqin kunlarda faol ish olib borishi kutilmoqda.

Delgado futbolchilik davrida ham katta tajriba to'plagan: u 1995–2002 yillarda Argentina milliy jamoasida 18 ta o'yinda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng yaxshi to'purari bo'lgan — bu ko'rsatkichda «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bir xil natija qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi