Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani yuzasidan boshlangan ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu ishda AFA g'aznachisi Pablo Tovigino ham figurant sifatida qayd etilgan. Huquq-tartibot idoralari Tapia va Toviginoga mamlakatni tark etishni taqiqladi.
So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tadi. Tergov AFA tomonidan ijtimoiy badallar bo'yicha davlat g'aznasiga 13 mln dollar yetib kelmagani haqidagi ma'lumotlardan so'ng qo'zg'atilgan.
Shuningdek, Tapia mulkiga tegishli bo'lgan, vertolyot qo'nish maydonchasiga ega 10 gektarlik qarorgoh ham shubha ostiga olingan.
Prokuratura alohida tarzda futbolchilarga beriladigan bonuslar miqdoriga ham e'tibor qaratmoqda: ma'lumotlarga ko'ra, bu ko'rsatkich Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan ham past.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!