Santos Ronaldu 2026 yilgi JChda o'ynashi mumkinligini aytdi

Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fernandu Santos Krishtianu Ronalduning jamoa uchun ahamiyati va uning kelajakdagi roli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yaqinda «Al-Nasr» hujumchisi 41 yoshni qarshi oldi. OAVda esa Ronaldu hozirgi sport holatida ham milliy jamoaga qanchalik zarurligi borasidagi bahslar tinmayapti.
“Ronalduning 2026 yilgi jahon chempionatida asosiy tarkibda bo‘lishi kerakmi? Har bir murabbiyda o‘z taktika va qarashlari bo‘ladi. Agar Krishtianu yaxshi formada, eng yuqori tayyorgarlikda bo‘lsa, u aniq tanlovga aylanadi — uning professionalligiga hanuz shubha yo‘q. U men bilan hech qachon faoliyatini yakunlash haqida gaplashmagan. Qarorni u o‘zi qabul qiladi, lekin men uning ketishigacha hali ancha bor, deb umid qilaman”, — deya Santosning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Qayd etilishicha, Ronaldu 2026 yilgi JCh saralash bosqichida hozircha beshta gol urishga ulgurdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!