Luis Enrike Mets ustidan g'alaba Lensga bosim qiladi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionatining navbatdagi turida «Mets»ga qarshi bo'ladigan uchrashuv arafasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, parijliklar o'yin ritmini nazorat qilishga intiladi, chunki uchrashuv juda muhim. Enrike «Lens»ga bosimni kuchaytirish uchun albatta uch ochko kerakligini ta'kidladi. Shu bilan birga, u turnir jadvalining quyi qismidagi jamoalarga qarshi bahslar hech qachon oson kechmasligini eslatib, g'alaba uchun puxta tayyorgarlik zarurligini qayd etdi.
«PSJ» — «Mets» uchrashuvi bugun, 21 fevral kuni bo'lib o'tadi. Liga 1 23-tur bellashuvi 01:05 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. LiveResult portali o'yinni matnli translyatsiya qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing