date

Vladislav Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

Vladislav Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

Peterburgning «Zenit» klubi sobiq yarim himoyachisi, hozirda futbol mutaxassisi sifatida faoliyat yuritayotgan Vladislav Radimov Italiya futboli holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Radimovning aytishicha, Italiya futboli hozir inqiroz davrini boshdan kechirmoqda: klublar legionerlar hisobiga natija ko'rsatayotgan bo'lsa-da, terma jamoa darajasi uning nazarida yetarlicha yuqori emas. U bu fikrlarni «Match TV» efirida bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma ola olmadi. Jennaro Gattuzo boshchiligidagi jamoa mundialga chiqish uchun pley-off uchrashuvlarida ishtirok etadi.

2026 yilgi jahon chempionati yoz oylarida Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi. Nufuzli musobaqaga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vladislav Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi