date

Blatter AQSh vizalari cheklovi mundialga tahdid dedi

Blatter AQSh vizalari cheklovi mundialga tahdid dedi

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter 2026 yilgi jahon chempionati arafasida AQShning migratsiya va viza siyosatini keskin tanqid qildi. Eslatib o‘tamiz, mundial o‘yinlari AQSh bilan birga Kanada va Meksikada ham o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq Oq uy rahbari Donald Tramp 70 dan ortiq davlat fuqarolariga viza berishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha farmonga imzo chekkan edi. Bu ro‘yxatda jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ham bor.

Blatter CBC bilan suhbatda jahon chempionatini vizalar berilmaydigan davlatda o‘tkazib bo‘lmasligini ta’kidladi. Uning fikricha, AQShda xorijliklarga nisbatan kamsituvchi kayfiyatdagi siyosat yuritilmoqda.

Shuningdek, Blatter Tramp va FIFA prezidenti Janni Infantino moliyaviy masalalarga haddan tashqari urg‘u berayotganini qayd etdi. U bu yondashuv muxlislar manfaatlari hisobiga bo‘layotganidan xavotir bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Blatter AQSh vizalari cheklovi mundialga tahdid dedi