date

Kivu Interga kambek uchun nimalar kerakligini aytdi

Kivu Interga kambek uchun nimalar kerakligini aytdi

Milanning «Inter» jamoasi bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasi pley-offidagi «Bude-Glimt»ga qarshi javob o‘yini oldidan kutayotganlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiya grandi Norvegiyadagi ilk uchrashuvda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Qarama-qarshilik taqdiri seshanba, 24-fevral kuni «San-Siro»da hal bo‘ladi.

«Bizga imkon qadar ishonchli va yuqori intensivlikda o‘ynash kerak — shunda hammasini o‘z foydamizga burib yuborishimiz mumkin. Norvegiyada yaxshi vaziyatlarimiz bo‘ldi, ikki marta to‘p ustunga tegdi. Keyin raqibning qarshi hujumlarida muammo paydo bo‘ldi — seshanba kuni bunga yanada ehtiyotkorroq yondashishimiz kerak. Men yigitlardan aynan o‘sha kuni eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishini so‘rayman», — dedi Kivu A Seriyada «Lechche» ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabadan keyingi matbuot anjumanida.

«Inter» — «Bude-Glimt» uchrashuvi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kivu Interga kambek uchun nimalar kerakligini aytdi