date

Jezush Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berilishini aytdi

Jezush Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berilishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Ronaldu boykotdan keyin tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o'yinda ham portugaliyalik yulduz tarkibda bo'lmaydi.

Jezushning aytishicha, jamoa tig'iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy buning ortida shanba kuni «Al-Fateh»ga qarshi muhim chempionat o'yiniga tayyorgarlik borligini ta'kidladi.

«Al Nassr Zone» keltirgan iqtibosda, Jezush Ronalduga dam berish holati yangilik emasligini ham qo'shgan: hujumchi Saudiya Arabistoni tashqarisida o'tadigan uchrashuvlarni avval ham bir necha bor o'tkazib yuborgan.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi 14-fevral, shanba kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berilishini aytdi