date

Saudiya Arabistoni Haj mavsumi oldidan qanday yangi tartiblarni joriy qildi?

Saudiya Arabistoni Haj mavsumi oldidan qanday yangi tartiblarni joriy qildi?

Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi 1447 hijriy yil, ya’ni 2026 yil haj mavsumiga tayyorgarlik doirasida Makka shahriga kirish va umra amallariga oid yangi tartiblarni e’lon qildi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, 2026 yil 13 apreldan boshlab Makka shahriga kirish uchun maxsus ruxsatnoma bo‘lishi shart etib belgilandi. Ushbu ruxsatnomasiz fuqarolarning shaharga kirishi taqiqlanadi.

Biroq ayrim toifalarga istisnolar beriladi. Makka shahrida yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lganlar, haj vizasi bor fuqarolar hamda muqaddas hududlarda ishlash uchun elektron ruxsat olgan shaxslar uchun cheklovlar qo‘llanilmaydi.

Shuningdek, umra vizasi bilan kelganlar uchun mamlakatni tark etishning so‘nggi muddati 2026 yil 18 aprel etib belgilangan. 18 apreldan boshlab umra ruxsatnomalarini berish vaqtincha to‘xtatiladi va bu cheklov 31 maygacha davom etadi.

Bundan tashqari, 18 apreldan keyin haj vizasiga ega bo‘lmagan barcha xorijliklarning Makka shahriga kirishi va u yerda qolishi qat’iyan taqiqlanadi.

Vazirlik ushbu choralar haj mavsumini xavfsiz va tartibli o‘tkazish uchun joriy etilayotganini bildirib, qoidalarga amal qilmagan shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq chora ko‘rilishini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Saudiya Arabistoni Haj mavsumi oldidan qanday yangi tartiblarni joriy qildi?