date

Anchelotti Ronaldu professionalligi va tiklanish sirini aytdi

Anchelotti Ronaldu professionalligi va tiklanish sirini aytdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirib, uning mehnatsevarligi va tartib-intizomini alohida ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Anchelottining so‘zlariga ko‘ra, Ronaldu bir safar unga: «Juda ko‘p suv o‘simlikni o‘ldiradi», degan. Murabbiy bu ibora futbolchining yuklama va tiklanish o‘rtasidagi muvozanatni juda yaxshi tushunishini anglatishini qo‘shimcha qildi: futbol katta jismoniy talab qo‘yadi, ammo tiklanish ham shunchalik muhim, ortiqcha zo‘riqish esa jarohatlarga sabab bo‘ladi.

41 yoshli portugaliyalik hujumchi hozir Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida to‘p surmoqda. Uning shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Ronaldu faoliyati davomida «Oltin to‘p»ni besh marta qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Ronaldu professionalligi va tiklanish sirini aytdi