PSJ yulduzi Joa'u Nevesh bilan shartnomani uzaytirmoqda

Parij Sen-Jermen yarim himoyachisi Joa'u Nevesh klub bilan yangi mehnat shartnomasiga yaqin turibdi. Tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan kelishuv shartlarini ma'qullagan, deya xabar beradi «Gazeta.Ru» Fabritsio Romano ma'lumotlariga tayanib. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etilishicha, 21 yoshli portugaliyalik хавбек yangi bitim doirasida maoshini oshirib oladi. Nevesh PSJ safiga 2024 yil yozida «Benfika»dan 65 million yevrodan ortiq summa evaziga kelib qo'shilgandi.
Hozirgi shartnomasi 2029 yilda yakunlanishi belgilangan futbolchi bu mavsum Luis Enrike jamoasida barcha musobaqalarda 23 o'yinda 6 gol urdi va 2 assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing