Al-Nasr Jesush bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi bosh murabbiy Jorje Jesush bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Manbalarga ko‘ra, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan yangi kelishuv taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa rahbariyati murabbiyning ishidan mamnun va kelasi mavsumda ham shu tarkibda ishlashni istamoqda. Avvalroq Jesushning kelajagi Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq ekani, agar hujumchi yozda klubni tark etsa, murabbiy ham ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Ronaldu yaqinda “Al-Nasr”da qolish niyatini bildirgan.
Jesush “Al-Nasr”ni o‘tgan yil iyul oyida qabul qilib olgan. Hozirda jamoa chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing